Turkiyaning Po‘latli shahrida Adolat va taraqqiyot partiyasi navbatdan tashqari kongressi delegatlarini Izmirdan Anqaraga olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi. Bu haqda, Anadolu agentligiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotga qaraganda, haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqarishi tufayli transport vositasi piyodalar o‘tishi yaqinidagi ustunga urilgan. Avtobusda bo‘lgan 39 kishidan 32 nafari jarohatlangan.
Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazildi. Ulardan hech birining hayoti xavf ostida emas.
Izoh (0)