Nyu-York markazidagi Tayms-skver maydonida piyodalarni urib ketgan shaxsga nisbatan qotillik va odamlar hayotiga qasd qilish aybi e’lon qilindi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 20 dan ortiq odam jabrlangan edi. Bu haqda 19-may, juma kuni CNN telekompaniyasi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Shahar politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, Nyu-Yorkning Bronks tumanida istiqomat qilgan 26 yoshli Richard Roxas hodisadan avval narkotiklar qabul qilgan. Bu ma’lumotlarni ekspertiza tasdiqladi. Roxas ko‘rsatma berish chog‘ida uni ushbu jinoyatni sodir etishga Xudo majburlaganligini ma’lum qilgan. Qo‘lga olish chog‘ida u politsiyachilardan uni otib tashlashlarini so‘ragan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 22 kishi jabrlangan, 18 yoshli ayol voqea joyida halok bo‘lgan.
Izoh (0)