WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Shvetsiya prokuraturasi tomonidan unga qarshi sud ta’qibining to‘xtatilishini nafaqat uning, balki BMT huquq tizimining g‘alabasi deb hisoblaydi. Bu haqda u Ekvadorning Londondagi elchixonasi balkonidan turib bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Bugun shaxsan men uchun buyuk g‘alaba qozonildi, ammo bu BMTning inson huquqlarini ta’minlash tizimi uchun ham g‘alabadir”, — dedi u.
Shuningdek, u Buyuk Britaniya politsiyasi haligacha uni hibsga olishni rejalashtirayotganini kurakda turmaydigan holat deb baholadi.
“Bunday tahdidlar favqulodda vaziyatlarga yarashadi”, — ta’kidladi inson huquqlari faoli.
Ilgariroq Shvetsiya prokuraturasi Assanjga nisbatan sud ta’qibini to‘xtatgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)