Buyuk Britaniya politsiyasining bayonotiga ko‘ra, WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasidan tashqariga chiqsa, u darhol hibsga olinadi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Vestminster magistrat sudi Assanjni hibsga olish ruxsatnomasini 2012-yil iyunida bergan edi. Agar u elchixonani tark etsa, London politsiyasi bu orderni bajarishga majbur”, — deyiladi politsiya xabarnomasida.
Ilgariroq Shvetsiya prokuraturasi Assanjga nisbatan sud ta’qibini to‘xtatgani ma’lum bo‘lgan edi.