AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya 18-may kuni Suriya hukumati tarafdorlariga uyushtirilgan hujumni IShID guruhiga berilgan zarbalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Koalitsiya shtabining kunlik relizida xabar qilinishicha, o‘tgan bir sutka davomida IShID jangarilariga 19 zarba berilgan. Bular ichiga at-Tanfdagi zarbalar ham kiritilgan.
“Ikki zarba natijasida ikkita ekskavator, qurilish uskunalarining bir qismi, avtomobil va tank yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarnomada.
Ta’kidlanishicha, bu ma’lumotlar bir kun oldingi xabarnomadagi axborotga to‘liq mos keladi, faqat unda Suriya hukumati tarafdorlariga hujum uyushtirilgani ta’kidlangan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)