Turkiya Suriyaning Rakka shahrini IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha operatsiyada ishtirok etmaydi. AQSh ushbu operatsiyaga Suriya kurdlarining mudofaa otryadlarini (YPG) jalb qilishi rad javobiga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“AQShga tashrif chog‘ida Rakkadagi operatsiyani muhokama qildik va AQSh Rakka operatsiyasiga hissiyot bilan yondashayotganini ko‘rdik. Biz aytdik: agar u yerda YPG bo‘lsa, biz unda ishtirok etmaymiz, operatsiyani o‘zingiz o‘tkazasiz. Rakka bo‘yicha qaroringiz shunaqa bo‘lsa, omad tilab qolamiz”, — dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbulda sanoatchilar va tijoratchilar oldida qilgan chiqishida.
AQSh prezidenti Donald Trampning turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokaralari Vashingtonda 16-may kuni bo‘lib o‘tdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)