O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda sudyalar, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.
Majlisda O‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining qaroriga muvofiq birinchi marotaba lavozimga tayinlangan fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo va shahar sudlari sudyalarining qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Sh. G‘oziyev, Sudyalar oliy kengashi raisi M. Usmonov, Sudyalar assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari U. Mingboyev va boshqalar ishtirok etdi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2017-yil 16-maydagi qarori bilan ilk bor besh yillik muddatga sudyalik lavozimiga tayinlangan yetti nafar sudyaning qasamyodi eshitildi.
Qasamyod qabul qilgan sudyalarga guvohnoma va “Sudyalar odob-axloqi qoidalari” kitobi topshirildi.
Izoh (0)