Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Majburiyatlarini bajarishga bir necha kun avval kirishgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron saylovoldi va’dalarini buzishga ulgurdi. Bu haqda Le Figaro nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: AFP

Foto: AFP

17-may, chorshanba kuni Fransiyada rasman yangi hukumat tarkibini e’lon qilindi. Unga 22 kishi ( 11 erkak va shuncha ayol) kirgan bo‘lib, 18 nafari vazir, 4 nafari esa davlat kotibi lavozimini egalladi. 

Makron esa mart oyida televideniyedagi chiqishi chog‘ida uning mahkamasida “nari borsa 15 kishi” bo‘lishini bildirgandi. 

Shuningdek, Makron aprelda Twitter’dagi sahifasi orqali davlat rahbari etib saylangan taqdirda ayollar huquqi bo‘yicha vazirlik tuzishi va bu masala “Besh yillik milliy muammo” darajasiga ko‘tarilishini ma’lum qilgandi.

Hozirda esa prezident ayollar va erkaklar teng huquqliligi bo‘yicha kotibiyat ta’sis etish bilan cheklandi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi