Polsha harbiy-havo kuchlari matbuot kotibi Marek Kvyatek Polsha qiruvchilari Boltiq dengizi osmonida Rossiyaning razvedkachi samolyotini to‘xtatib qolganini ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa 15-mayda sodir bo‘lgan. “F-16 samolyotlari uchuvchilari o‘chirilgan transponder bilan uchayotgan va radioaloqa o‘rnatishga urinishlarga javob bermayotgan noma’lum samolyot haqidagi trevoga signalini qabul qildi”, — dedi Kvyatek.
Navbatchi qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarilgan. Uchuvchilar Rossiyaning Kaliningrad tomonga uchayotgan Il-20M samolyotini tanib oldi, ammo to‘xtatib qolingach, mashina bazaga qaytdi.
Izoh (0)