Hindistonlik talaba Rifat Sha’ruq dunyodagi eng kichik va yengil sun’iy yo‘ldoshni yaratdi. U NASA agentligi tomonidan 21-iyunda uchiriladi, deb xabar beradi Business Standard.
KalamSat sun’iy yo‘ldoshi uglerod tolasidan 3D-printerda chiqarildi. U bort kompyuteriga va sakkiz datchikka ega bo‘lib, ular tezlanishni, Yerning aylanishi va magnitosferasini o‘lchaydi. Sun’iy yo‘ldosh 64 gramm vaznga ega.
Talabaning ta’kidlashicha, sun’iy yo‘ldosh noldan yasalgan. Ayni paytda u uskuna vaznsizlikda qanday ishlashini tekshirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)