15–16-may kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va madaniyatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” mavzuidagi xalqaro kongress bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Shu ikki kun ichida tilga olingan shaharlar 40 mamlakatdan tashrif buyurgan 370 ishtirokchi uchun muloqot maydoniga aylandi. U yerda olimlar arxeologiya, numizmatika, tarix, amaliy san’at va boshqa sohalardagi oxirgi yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi.
Kongress yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston madaniy merosini asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon ilmiy jamiyatini yaratish zarurligi yuzasidan rezolyutsiya qabul qilindi. Ushbu rezolyutsiyani YUNЕSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi, YUNЕSKOning Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bo‘yicha klaster byurosi direktori Krista Pikkat Samarqandning Registon maydonida o‘qib eshittirdi.
Xalqaro kongress Registon maydonidagi yorqin musiqiy 3D-mapping shousi bilan yakunlandi.
Izoh (0)