BAAning Sharja shahrida olti erkak bir hafta davomida uchta inkassatsiya mashinasidan 1,4 million dirham (qariyb 382 000 dollar) o‘g‘rilaganlikda ayblanib, sud oldida javob bermoqda, deya yozadi UAE Inside.
O‘g‘rilik 2016-yilning dekabr oyida sodir bo‘ldi. Mazkur ish yuzasidan dastlabki sud eshittiruvi 15-may, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi. Jinoyat 1–3 kun oralig‘ida sodir etilgani ma’lum qilinmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘da 19 kishidan iborat, shulardan atigi 6 nafari qo‘lga olindi. Sodir etilgan uchta jinoyatdan keyin to‘da to‘rtinchi inkassatsiya mashinasini o‘marmoqchi bo‘ldi, ammo BAA politsiyasi ularni to‘xtatib qoldi.
Qo‘lga olingan ikki kishi o‘z aybini tan oldi, ammo xavfsizlik hodimlariga hujum qilganini rad etmoqda. Yana biri sudga umuman kelmadi. Qolganlari o‘g‘rilik amalga oshirilganini butunlay rad qilmoqda.
Ushbu jinoiy ish yuzasidan navbatdagi sud eshittiruvi 1-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)