16-may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha Rossiya Prezidenti boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sergey Chebotaryov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlarga oid ikki tomon kun tartibining amaliy masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.
Izoh (0)