Kot-d’Ivuarda pul to‘lovlari talab qilib isyon tashkil etgan harbiy xizmatchilar hukumatning murosa taklifini qabul qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Hukumat taklifini qabul qilamiz. Biz kazarmalarga qaytamiz”, — dedi isyon yetakchilaridan biri.
Kot-d’Ivuarda ishlab chiqarish va eksportning asosiy bandi kakao bilan bog‘liq. Mamlakat iqtisodiyoti kakao narxining tushishidan zarar ko‘rmoqda. Iqtisodiy qiyinchiliklar bois harbiylarga pul to‘lash masalasida bahslar va ular keltirib chiqarayotgan g‘alayonlar yil boshidan buyon kuzatilmoqda. 15-mayda isyon avjiga chiqqani xabar qilingan edi.
Izoh (0)