Alibaba Group ulkan elektron savdo kompaniyasi asoschisi Jek Ma Wanda Group korporatsiyasi rahbari Van Szyanlinni ortda qoldirdi va Xitoning eng boy odamiga aylandi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Forbes jurnalining ma’lum qilishicha, 12-may kuni Jek Maning boyligi 30,9 milliard dollarga, Van Szyanlinning boyligi esa 30,7 milliard dollarga baholangan.
Van Szyanlinning asosiy daromadi ko‘chmas mulk va ko‘ngilochar bizneslardan. Jek Maning boyligi Alibaba aksiyasining ushbu yilda kompaniya daromadini ko‘tarilishi hisobiga ortgan.
Ayni vaqtda Forbes’ga ko‘ra Osiyoning eng badavlat odami gonkonglik multimilliarder Li Szyanchen hisoblanadi. Uning boyligi 32,9 milliard dollarga teng.
Alibaba Group’ga 1999-yilda Jek Ma tomonidan asos solingan bo‘lib, hozirda Xitoydagi ulkan internet-kompaniya hisoblanadi. Shuningdek, uning tarkibiga Alibaba Pictures, Alibaba.com, AliExpress.com, Taobao.com, Tmall.com kabi sho‘ba va internet saytlari kiradi.
Izoh (0)