Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xyustondan Ekvadorga yo‘l olgan Amerikaning United Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot salonidan chayon topilgani sabab parvoz ushlanib qoldi. So‘nggi oy ichida bu kabi hodisa ikkinchi marotaba ro‘y bermoqda, deb xabar berdi Fox News.

Foto: Fox News

Foto: Fox News

Reysdagi chayon Jorj Bush xalqaro aeroportida aniqlangan. Yo‘lovchilardan biri hamrohining kiyimi ichidan o‘rgimchaksimon chiqib kelayotganini ko‘rib qolgan. Erkak chayon haqida bort kuzatuvchilariga xabar bergan, ular o‘z navbatida tibbiyot xodimlarini chaqirgan. Shifokorlar yo‘lovchini tekshirib, uni chayon chaqmaganligini aniqlagan.

Shundan so‘ng aviakompaniya xavfsizlik yuzasidan o‘z mijozlaridan samolyotni tark etishni iltimos qilgan va ularga zaxira samolyotini taqdim etgan.

Aprel oyining o‘rtalarida Xyustondan Kalgariga parvoz qilgan ushbu aviakompaniya samolyoti bortida yo‘lovchilardan birini chayon chaqib olgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi