Deputat va senatorlar tomonidan Jizzax viloyati Paxtakor tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ijrosini o‘rganish jarayonida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida mavjud kamchiliklar aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Jumladan, 13 maktabgacha ta’lim muassasasiga bog‘cha yoshidagi 6530 bolaning 1875 nafari qamrab olingan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida oliy ma’lumotli mutaxassis pedagog kadrlar yetishmaydi. Sohada ishlayotgan xodimlarning 11 foizi oliy, 89 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega.
Shuningdek, umumta’lim maktablari kutubxonasi talab darajasida emasligi qayd etildi. Beshta umumta’lim maktabida tibbiyot xonasi, yettita umumta’lim maktabida oshxona yoki bufet, uchta umumta’lim maktabida sport zali umuman yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)