Satversmeni himoya qilish byurosi – Latviya kontrrazvedkasi direktori Yanis Mayzitis kvartirasiga noma’lum kimsalar kirib, uning kompyuterini o‘g‘rilab ketdi. Bu haqda muassasa vakiliga tayangan holda 10-may, chorshanba kuni “Mixnews.lv” portali xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
O‘g‘rilar janob Mayzitisning uyini tunab ketganini tasdiqlayman. O‘g‘rilangan kompyuterda maxfiy ma’lumotlar bo‘lmagan, bu uning shaxsiy komyuteri edi.Latviya politsiyasi yuz bergan voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi. Politsiya boshlig‘i Ints Kyuzisning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘rilik bir necha kun avval sodir bo‘lgan, kompyuterdan tashqari jinoyatchilar yana bir qancha buyumlarni o‘margan.Iveta Maura, Latviya kontrrazvedkasi vakili
Ints Kyuzisning aytishicha, Latviya kontrrazvedka boshlig‘i yashaydigan hududda avval o‘g‘riliklar sodir bo‘lmagan.
Izoh (0)