O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pokiston Bosh vazirining tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi Sartaj Azizga ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tabrik maktubida qayd ta’kidlanganidek, o‘tgan 25 yillik davr ichida ikki mamlakat o‘rtasida azaliy tarixiy va madaniy yaqinlik, tenglik va birodarlikka asoslangan keng miqyosli va izchil rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Shuningdek, so‘nggi vaqtda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama delegatsiyalar almashuvi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini belgilashda muhim qadam bo‘lgani qayd etildi.
Abdulaziz Komilov o‘z maktubida joriy yilda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida o‘tkazilishi mo‘ljallangan tadbirlar aloqalar rivojiga katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Izoh (0)