Telekommunikatsion litsenziyalarga da’vogarlar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlardan uch pozitsiya olib tashlanadi. Bu chora O‘zbekiston hukumati qarorida ko‘zda tutilgan. Uning loyihasi normativ-huquqiy aktlarni muhokama qilish portalida e’lon qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Telekommunikatsion litsenziyaga ega bo‘lishni istagan da’vogarlar yong‘in xavfsizligi va sanitar nazorat organlaridan talab va me’yorlarga muvofiqlik to‘g‘risidagi xulosa, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha mutaxassislarning oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlari kopiyalari hamda mehnat daftarchalari nusxalarini taqdim etishi talab qilinmaydi.
Bundan tashqari, 1-iyuldan internet-klublar faqat “Yagona oyna” markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan litsenziya oladi, 2018-yil 1-yanvardan esa litsenziyalar elektron shaklda taqdim etiladi.
Izoh (0)