Farg‘ona shahrini Farg‘ona viloyatining Shohimardon qishlog‘i bilan bog‘lovchi avtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
2013-yilning avgust oyida to‘xtagan “Farg‘ona — Shohimardon” yo‘nalishi bo‘yicha avtobuslar qatnovi 25-apreldan boshlab Farg‘ona viloyati hokimining shaxsiy tashabbusi bilan agentlikning viloyat bo‘limi hamkorligida qayta yo‘lga qo‘yildi
Yo‘nalishda ikkita Isuzu avtobusi qatnamoqda va unga “Farg‘ona Oltin Vodiy Navkari” MChJ xizmat ko‘rsatmoqda. Qayta tiklangan yo‘nalish uzoq tumanning viloyatning boshqa tumanlari bilan transport aloqasini yaxshilashga imkon berdi.
Yo‘nalishdagi avtobuslar sonini ikki baravar ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)