IShID guruhi jangarilari Iroq shimolidagi harbiy bazaga hujum uyushtirdi. Ushbu bazada amerikalik harbiy maslahatchilar turgan edi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Voqea Kirkuk viloyatida ro‘y berdi. Ikki xudkush harbiy baza kirishida o‘zini portlatib yubordi, buning oqibatida olti kishi jarohat oldi.
Zobitlardan birining ta’kidlashicha, hujum uyushtirganlar “biz kabi ko‘rinish uchun” soqollarini qirib tashlagan.
IShID hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)