Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Toshkent qog‘ozi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Prezident hududlarga tashrifi chog‘ida bo‘sh yotgan yoki to‘la quvvat bilan ishlamayotgan obyektlarda bo‘lib, ularning negizida yangi sanoat korxonalari, kichik sanoat zonalari tashkil qilish chora-tadbirlarini belgilab bermoqda.

“Toshkent qog‘ozi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining umumiy yer maydoni 12 gektardan ziyod, bino va inshootlar maydoni 4,5 gektar. Bu yerda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur infratuzilma, tayyor imkoniyat mavjud, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Prezidenti bu yerdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, zavod binolarini ishbilarmon va tadbirkorlarga imtiyozli asosda ijaraga berish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Mahalliy
“Bolang tug‘ilgach ikkovingga benzin quyib, yoqib yuboraman, deb tahdid qilgan” — Farg‘onada erining Matiz’ida o‘zini yoqib yuborgani aytilgan marhumaning yaqinlar...
Mahalliy
O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi