O‘zbekiston Oliy sudi raisi Shoyunus G‘oziyev Farg‘ona viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Sayyor qabulda fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari tomonidan sud amaliyoti bilan bog‘liq masalalarda O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari va bevosita Oliy sudga qilingan murojaatlar tinglandi.
Jumladan, Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Alisher Toshmatov uyining nohaq olib qo‘yishganini aytib, mazkur masalaga qonuniy yechim uchun murojaat qilganini bildirdi.
1995-yilda oilamizda quvonchli voqea bo‘lib, to‘rt farzand ko‘rdik. Davlatimiz tomonidan oilamiz qo‘llab-quvvatlanib, to‘rt xonali uy sovg‘a qilindi. Afsuski, mazkur uyimizni bizdan nohaq olib qo‘yishdi. Bir necha yillardan buyon uyni ololmay sarsonmiz.Bugungi sayyor qabulda bu borada qonuniy yechim so‘rab murojaat qildim. Bizning dardimizni eshitib, uning adolat va xolislik tamoyillari asosida hal etilishidan juda ham xursandmiz. Bu mamlakatimizda inson manfaatlariga bo‘lgan yuksak e’tiborning amaldagi samarasidir.
Alisher Toshmatov, Farg‘ona shahridan
Izoh (0)