Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Suriya demokratik kuchlari” (SDF) Suriya shimolida joylashgan Tabka shahriga hujum qilishda davom etmoqda. Ular shahar chekkasidagi Sahl al-Xasab qishlog‘ini ozod etishga muvaffaq bo‘ldi, deya “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Foto: AFP

Agentlikning ma’lum qilishicha, to‘rt kun davom etgan to‘qnashuvlardan so‘ng SDF jangchilari Tabka shahri sharqidagi Sahl al-Xasab qishlog‘i ozod qilgan va uni jangarilardan tozalangan.

Ushbu to‘qnashuvlar natijasida IShIDning 14 nafar jangarisi, jumladan, snayperchisi ham yo‘q qilingan.

Tabka va IShIDning “Suriyadagi poytaxti” — Raqqa shaharlarni ozod qilish “Suriya demokratik kuchlari” tomonidan e’lon qilingan “Frot g‘azabi” operatsiyasining bir qismi hisoblanadi.

SDF operatsiyalarni Amerika aviatsiyasi va maxsus kuchlari yordamida amalga oshirmoqda. Amerikaliklar Suriya hukumatining ruxsatisiz harakat qilayotgani sabab bu rasmiy Damashqning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi