Qozog‘iston seysmologik tajribaviy-uslubiy ekspeditsiyasi bir kecha-kunduzda bir yo‘la yettita zilzilani qayd etdi, deb yozadi Kazakhstan Today.
Ularning so‘nggisi 5-may kuni Toshkent vaqti bilan 04:39 da Qirg‘iziston hududida sodir bo‘lgan, zilzila magnitudasi 4,3 ni tashkil qilgan.
Undan bir necha soat avvalroq — 4-may kuni Toshkent vaqti bilan 23:23 da Tojikiston hududida 4,5 magnitudali yer silkinishi kuzatilgan.
Yana bir zilzila 4-may kuni 20:58 da Qirg‘iziston hududida qayd etildi.
Shuningdek, Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida, Qirg‘iziston va Tojikiston chegara zonasida ham yer qimirlashlari kuzatilgan.