AQSh qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi AQSh aviatsiyasi 16-mart kuni Suriyaning Al-Jina qishlog‘i tashqarisidagi inshootga zarba berganini tan oldi, deb yozadi “RBK”. Bino masjidning bir qismi bo‘lgan.
CNN telekanali ma’lum qilishicha, hujumdan bir necha kun o‘tgach, Pentagon zarba natijasida masjidga zarar yetgani haqidagi ma’lumotlarni rad etgan edi. Mudofaa vazirligi masjid yaqinidagi binoga joylashib olgan “Al-Qoida” jangarilarigina yo‘q qilinganini ta’kidlab turib olgandi.
CNN qayd etishicha, amerikalik harbiylarning diniy maqsadda foydalaniladigan binolarga zarbalar berishi taqiqlangan.