Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2013-yilgi mavsumni G‘uzorning “Sho‘rtan” futbol klubida o‘tkazgan serbiyalik Urosh Miloslavlevichning FIFAga yozgan arizasi yechimi 10 kun ichida hal etilishi kerak. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.

Foto: “Bunyodkor”

Foto: “Bunyodkor”

11-mayga qadar “Sho‘rtan” o‘z gardanidagi qarzni to‘lab bermasa, 2018-yilgi mavsumni Birinchi ligada o‘tkazadi. Bunda gap 13 ming AQSh dollari ustida ketmoqda.

“Futbol ekspress” nashri “Sho‘rtan” bosh murabbiyi Ixtiyor Karimov bilan aloqaga chiqib, vaziyatni bilishga harakat qilgan.

FIFA qarori bizni karaxt ahvolga solib qo‘ydi. Tashkilot bizdan 10 kun ichida qarzdorlikni to‘lashni talab qildi. Qanday qilib bo‘lmasin pulni to‘lab, jamoani Oliy ligada olib qolmoqchimiz.

Aslida FIFA 2013-yil futbolchi oldidagi qarzdorlikni to‘lab berish borasida qaror chiqargandi. Oqibatda “Sho‘rtan” o‘tgan yil 46 ming dollar qarz to‘ladi. Biroq o‘z vaqtida to‘lanmagan qarz yillar davomida ustama hisobidan foiz “tug‘avergan”. Endi yana 13 ming dollar qarz paydo bo‘lgan. Futbolchining agenti bu pullarni to‘lab berishimizni talab qilmoqda”.

Ixtiyor Karimov, “Sho‘rtan” bosh murabbiyi

FIFA qaroriga ko‘ra, PFL 2016-yilning 4-sentabr kuni “Sho‘rtan”dan 3 ochko olib tashlab, klubni jiddiy ogohlantirgandi.

Serbiyalik Urosh Milosavlevich 2011-yilgi mavsum birinchi yarmida “Sho‘rtan” sharafini himoya qilgan. Futbolchi o‘sha yil yozda O‘zbekistonning boshqa bir klubi — “Bunyodkor” a’zosiga aylangan. Hozirda 33 yoshda bo‘lgan Urosh Milosavlevich futbolchilik faoliyatini yakunlagan va futbol agenti sifatida faoliyat olib boradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi