Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonning sel va ko‘chki xavfi bor hududlarida istiqomat qiluvchi 696 kishi va 151 uy xo‘jaligi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi. Bu haqda, FVV matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: FVV

Foto: FVV

Shulardan 515 nafari Surxondaryo, 71 kishi Samarqand, 61 kishi Toshkentda va 11 kishi Namangan viloyatlarida vaqtincha ko‘chirilgan.

Qashqadaryo viloyatida 21 kishi doimiy yashash uchun boshqa joyga ko‘chirilgan. Ularning xavfli zonada joylashgan uylari buzib tashlangan. Maxsus muhandislik texnikasi yordamida mutaxassislar ko‘chki massasini bo‘shatib, besh kishidan iborat xo‘jalikning xavfsizligini ta’minlagan.

Samarqand viloyatida ikki uy xo‘jaligida istiqomat qiluvchi 12 kishini himoya qilish maqsadida qirg‘oqni mustahkamlash ishlari o‘tkazilgan.

Yil boshidan beri Andijon, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari daryo va soylari qirg‘oqlarida 167,6 ming kubometr yer va 13,5 ming kubometr tosh massasi miqdoridagi muhandislik-texnik va boshqa himoya tadbirlari amalga oshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV
Salomatlik
Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik
Mahalliy
Prezident Toshkent energetika tizimi bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi