YuNISEFning Toshkentdagi ofisida jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida BMT bolalar huquqi bo‘yicha qo‘mitasi vitse-prezidenti Renate Vinter O‘zbekistonda bolalar Ombudsmenini tashkil etish zarurati haqida gapirdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
“Bolalar uchun alohida Ombudsmen tayinlanishining muhimligini ta’kidlash ortiqcha, bu punkt O‘zbekistonga BMT bolalar huquqi bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan berilgan tavsiyalar ro‘yxatida muhim ahamiyat kasb etadi”, — dedi Vinter xonim.
“Agar bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya implementatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy hisoboti taqdim etilguniga qadar Ombudsmen yaratilmasa, biz ushbu tavsiyani boshqatdan o‘rganib chiqamiz. Umid qilamizki, O‘zbekistonda ushbu masala yaqin vaqt ichida hal etiladi”, — qo‘shimcha qildi u.
Shuningdek, Vinter xonim bolalar Ombudsmeni lavozimi maksimal javobgarlik va yuqori malaka talab qilishini qayd etib o‘tdi:
“Bolalar huquqlari himoyachisi yuvenal yustitsiyani, bolalarga oid barcha jihatlarni juda yaxshi bilishi, asosiysi, bolalar u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qila olishiga ochiq bo‘lishi lozim”.
Izoh (0)