O‘zbekiston Qirg‘iziston O‘sh shahrida 630 o‘rinli zamonaviy maktab quradi. Bu haqda Turmush nashri xabar bermoqda.
O‘sh shahri meri A. Qodirboyev yaqinda “O‘zshaharsozlik LITI” Davlat unitar korxonasi loyihaviy tashkiloti hamda “Trest - 12” MChJ vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, maktab loyihasini muhokama qildi.
Uchrashuv chog‘ida shahar rahbari zamonaviy maktabning O‘zbekiston tomonidan qurib berilishi ikki mamlakatning do‘stona munosabatlari rivojlanishiga hissa qo‘shishini ta’kidlab o‘tdi.
“O‘sh shahri meriyasi shaharning markaziy ko‘chalaridan birida 1,11 gektar maydonga ega hududni ajratdi. Loyihaga ko‘ra, qurilishning umumiy maydoni 3851 kvadrat metrni tashkil etadi. Ushbu muhim va kerakli ish xalqlarimizni yanada birlashtirib, umumiy kelajakni do‘stlikni, o‘zaro kelishuvni va o‘zar qo‘llab-quvvatlashni mustahkamlashda qurish imkonini beradi”, — dedi Qodirboyev.
Yangi zamonaviy maktab sport va akt zallariga, mehnat xonasiga, shifokor xonasiga, yemakxonaga, yozgi sport majmuasi va ko‘plab boshqa qulayliklarga ega bo‘ladi. Shuningdek, uch qavatli binoning har bir qavatida laboratoriyalar va ustaxonalar bo‘ladi.
Qurilish ishlari yaqin vaqt ichida boshlanishi aytilmoqda.
Izoh (0)