Kolumbiyalik ayol sobiq eri bilan bo‘lishmaslik uchun 90 ta yuz dollarlik kupyurani yutib yubordi. Bu haqda Santander departamenti prokuraturasi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
28 yoshli qiz birgalikda yashash davomida orttirilgan to‘qqiz ming dollarni yutib yubordi. Oqibatda unga shifokorlar yordami kerak bo‘ldi. Ular qizdan noodatiy “tushlik”ni chiqarib oldi.
Shunga qaramasdan, ayol pullarning faqat 5,7 ming dollari yaroqli holatda qolganligi, uchdan bir qismiga yaqini “rasvo bo‘lishga” ulgurganligidan nolidi. Prokuratura pullar sobiq er-xotin tomonidan qonuniy yo‘l bilan topilganligi tufayli ayolga hech qanday da’vosi yo‘qligini ma’lum qildi.
Izoh (0)