Toshkent shahridagi ikkita bolalar bog‘chasining mudirlari ota-onalar bolalarining oziq-ovqati uchun to‘lagan jami 43 million so‘m miqdordagi pullarni o‘zlashtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Muassasalar rahbarlari o‘z mansablaridan foydalangan holda ushbu pullarni bankka topshirish o‘rniga budjet mablag‘larini o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Umumiy miqdorda aybdorlar 42990000 so‘m pulni o‘zlashtirgan.
Mazkur faktlar yuzasidan tegishli bandlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)