WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Twitter’dagi sahifasida AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klintonni tinchlik shiorlarini niqob qilgan “Liviya qassobi” deb atadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Bir skrinshotda ikkita yolg‘on: Liviya qassobi — Hillari Klinton — ‘Rossiya WikiLeaks’sini’ #UTinchlikOlibKeladi lavhasi yonida o‘tirib tanqid qilmoqda”, — deb yozdi u va sharhiga Klintonning CNN telekanaliga bergan intervyusida suratini ilova qildi.
Bir muddat ilgari Klinton xonim CNN’ga bergan intervyusida WikiLeaks va FQB direktori Jeyms Komini o‘zining prezident saylovidagi mag‘lubiyatida aybladi.
Izoh (0)