Boshqirdistonning Sterlitamak shahrida yashovchi erkak cho‘kib ketgan do‘stini xotirlash vaqtida cho‘kib o‘ldi. Bu haqda “Sterlitamak.ru” portali xabar bermoqda.
30-aprel, yakshanba kuni to‘rt erkak 2016-yilning avgust oyida cho‘kib o‘lgan do‘stiga hurmat bajo keltirish maqsadida Oqdaryo (Belaya) sohiliga keldi. Erkaklardan biri issiq havo tufayli cho‘milishga qaror qildi.
Qayd etilishicha, 35 yoshli erkak qirg‘oqdan, taxminan, 10 metr suzganidan keyin cho‘ka boshladi. Uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)