Shartsiz asosiy daromad g‘oyasi o‘tgan asrdayoq paydo bo‘lgan. Har oy sizga o‘z ehtiyojlaringizga sarflash uchun muayyan summadagi mablag‘ shunchaki beriladi. AdMe qaysi mamlakat va shaharlarda bugungi kunda fuqarolarga shunchaki pul to‘lanayotgani haqida gapirib berdi.
Finlyandiya — oyiga bir kishiga 560 yevro
2017-yildan 25—58 yoshdagi 2000 nafar ishsizga har oy 560 yevro to‘lanadi. Eksperiment 2 yil davom etadi. Finlyandiyadagi o‘rtacha oylik — 2202 yevro.Livorno, Italiya — oyiga bitta oilaga 517 yevro
2016-yil 1-iyunidan mer qarori bilan 100 ta eng qashshoq oilaga har oyda 517 yevro to‘lanadi. 2017-yil yanvaridan loyihaga yana 100 ta oila qo‘shildi. Livornodagi o‘rtacha oylik — 1480 yevro.Keniya — oyiga bir kishiga 22 dollar
GiveDirectly notijorat tashkiloti Keniya qishloqlaridagi 6000 fuqaroga 12 yil davomida har oyda 22 dollardan to‘laydi. Keniya shaharlaridagi o‘rtacha oylik — 291 dollar.Utrext, Niderlandiya — oyiga bir kishiga 960 yevro
2017-yil mayidan Utrextning 250 fuqarosiga davlat ikki yil davomida har oyda 960 yevrodan to‘lab turadi. Tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, loyihaga yana boshqa shaharlar ham jalb qilinadi. Utrextdagi o‘rtacha oylik — 2227 yevro.Marika, Braziliya — oyiga bir kishiga 30 dollar
Marika merining qarori bilan 150 ming fuqaroga har oyda 30 dollardan to‘lanadi. Kam ta’minlangan oilalarga qo‘shimcha 28 dollar beriladi. U yerdagi o‘rtacha oylik — 642 dollar.Hindiston — oyiga bir kishiga 4,7 dollar
Hindiston hukumati 2017-yilda yetti yil avval ajoyib natijalarni ko‘rsatgan tajribaviy loyihani yana ishga tushirmoqchi. O‘shanda 6000 nafar qishloq fuqarolari 18 oy davomida bir necha dollar miqdorida to‘lov olib turgan edi. Hindiston shaharlaridagi o‘rtacha oylik — 535 dollar.Ontario, Kanada — oyiga bir kishiga 1415 dollar
2017-yil mayidan 18—64 yoshli kam daromad oluvchi 4000 kishi hukumatdan tayanch daromad oladi, u ularning joriy ish haqiga nisbatan hisoblanadi. Ontariodagi o‘rtacha oylik — 2216 dollar.Uganda — oyiga bir kishiga 32 dollar
2017-yildan Eight notijorat tashkiloti qishloqlardan birida 50 ta oilaga har hafta 8 dollardan to‘lamoqda. Uganda shaharlaridagi o‘rtacha oylik — 168 dollar.Oklend, AQSh — oyiga bitta oilaga 2000 dollar
2017-yil yanvaridan 100 ta oila Y Combinator venchur fondidan oyiga 2000 dollargacha olmoqda. Oilalar tasodifiy tanlov orqali tanlab olingan. Oklenddagi o‘rtacha oylik — 3215 dollar.
Izoh (0)