Agar Yevroittifoqqa kirishning yangi shartlari muhokama qilina boshlanmasa, Turkiya mazkur muzokaralardan voz kechishga tayyor. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bayonot berdi, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.
“Boshqa tanlov yo‘q — muzokaralarning yangi bandlarini ochish zarur. Agar siz ularni ochmasangiz — xayr”, — uning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Ilgariroq Erdo‘g‘on, agarda muzokara jarayoni cho‘zib yuborilaversa va ayrim davlatlarning Turkiyaga nisbatan dushmanlik kayfiyati o‘zgarmasa, rasmiy Anqaraning Yevropa Ittifoqiga kirish borasidagi nuqtai nazari qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini bildirgan edi.