• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasini tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi

    O‘zbekiston Prezidentining 1-maydagi qarori bilan “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi tashkil etilmoqda. Ushbu tuzilma baliqchilik sohasini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Qarorga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, baliq chavoqlari ishlab chiqarish hamda tabiiy suv havzalari va sun’iy ko‘llardan samarasiz foydalanish baliqchilik tarmog‘ining eng zaif bo‘g‘ini hisoblanadi. Natijada sun’iy ko‘llarning hosildorligi bir gektarda 20 sentnerdan oshmaydi, bu jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ancha pastdir. Baliqchilik sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, intensiv texnologiyalarni keng joriy etish va baliq yetishtirishning yuqori texnologik usullaridan foydalanish alohida e’tiborni talab qiladi.

    Baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning tashkiliy-texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, baliq chavoqlarini takror ko‘paytirish va ozuqa bazasini mustahkamlash, tabiiy suv havzalari va sun’iy ko‘llarning resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, baliq yetishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullarni va intensiv texnologiyalarni joriy etish “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari hisoblanadi.

    Bundan tashqari, baliqchilik tarmog‘ida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, ilmiy va texnik yangiliklarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tajriba stansiyasi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirildi va Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida hamda respublikaning boshqa hududlarida uning filiallarini ochish belgilandi.

    Tarmoq loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, shuningdek, maslahat, axborot-tahlil va marketing xizmatlari ko‘rsatish yo‘li bilan baliqchilikni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishiga ko‘maklashish uchun qarorda “Ipoteka bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining investitsion kompaniyasini tashkil etish ma’qullandi va uning ulushi yangidan tashkil etilayotgan hududiy “Baliqsanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining ustav fondida kamida 51 foizni tashkil etadi.

    Ilmiy-tadqiqot, seleksiya va naslchilik ishlarini moliyalashtirish, ozuqalarning zamonaviy retsepturalarini ishlab chiqish va baliqchilik tarmog‘iga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda ko‘maklashish, baliqlarning kasalliklari profilaktikasi va ularni davolash hamda tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini shakllantirish maqsadida “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasida Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

    “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasini, uning hududiy “Baliqsanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarini va uyushma tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga 2023-yilning 1-yanvarigacha urug‘, baliq chavoqlari va tovar baliq yetishtirishdan, baliq mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlashdan olingan daromadlaridan yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod etish bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda. Bunda bo‘shaydigan mablag‘lar, birinchi navbatda, belgilangan tartibda baliqchilik tashkilotlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga, baliqchilik tarmog‘ining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va soha xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.

    Mazkur qaror bilan, shuningdek, baliq yetishtirish va uni qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirishga, baliq chavoqlari bilan ta’minlashga, baliq yetishtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan 2017–2021-yillarda baliqchilik tarmog‘ini yanada kompleks rivojlantirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi. Yuqori mahsuldor baliq turlarini iqlimlashtirish ishlarini ilmiy asosda tashkil etish hisobiga baliqlarning Afrika laqqasi, tilyapiya, forel, Vengriya sazani va osyotr turlarini ko‘paytirish yo‘lga qo‘yiladi. Bu, o‘z navbatida, ichki bozorlarga uzluksiz ravishda keng assortimentdagi arzon va sifatli baliq mahsulotlari yetkazib berilishini ta’minlaydi.

    Shubhasiz, bu yutuqlarga erishish uchun bir qator kechiktirib bo‘lmaydigan va amaliy vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish talab etiladi. Ular jumlasiga Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va suv omborlaridagi mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, qafas usulida baliq yetishtirishni keng joriy etish, baliq yetishtiruvchi va baliq ovlovchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan bir qator kasb-hunar kollejlarining ixtisoslashuvini qayta ko‘rib chiqish va Toshkent davlat agrar universitetida baliqchilik sohasi uchun kadrlar tayyorlash fakultetini tashkil etish, bu borada xalqaro tajribani o‘rganish va baliqchilik sohasida ishlash uchun chet el mutaxassislarini jalb etish kabi masalalar kiradi.

    02.05.2017, 19:50   Izoh (0)   8272
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda otasi bilan janjallashgan o‘g‘il unga pichoq urdi

    02.05.2017, 19:18

    “Diyor” telekanali o‘rniga “O‘zbekiston 24” informatsion teleradiokanali tashkil etiladi

    02.05.2017, 19:12

    Ichki ishlar vaziri: Rahmat Oqilov O‘zbekistondan chiqib ketishidan oldin uning hech qanday g‘ayriqonuniy faoliyati kuzatilmagan

    02.05.2017, 18:21

    O‘zbekistonda 8-may dam olish kuni deb e’lon qilindi

    02.05.2017, 17:27

    Ichki ishlar vaziri Denovdagi bog‘chada va Farg‘onadagi maktabda yuz bergan holatga munosabat bildirdi

    02.05.2017, 17:14

    Mahallalarda “Xizmat — beminnat” bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi

    02.05.2017, 17:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.