Indoneziyaning Markaziy Yava viloyatida dunyodagi eng keksa erkak Mba Gxoto 145 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda, The Guardian nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Gxotoning so‘zlariga qaraganda, u 1870-yil dekabrida dunyoga kelgan. Birinchi jahon urushi yillarida u 43 yoshda, Ikkinchi jahon urushi yillarida esa 70 yoshda edi.
Gxoto dunyoning eng keksa insoni sifatida rasman tan olinmagan, negaki Indoneziyada yangi tug‘ilganlar 1900-yildan ro‘yxatga olina boshlangan.
Uning besh farzandi, 12 nabirasi, 17 evarasi bor.
Izoh (0)