O‘zbekiston futbol federatsiyasi qoshida tashkil etilgan Terma jamoalar markazi faoliyati tugatildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
O‘FF prezidenti Mirabror Usmonovning buyrug‘iga asosan O‘zbekiston terma jamoalar markazining faoliyati tugatildi, deb yozilgan xabarda. Buning sabablari esa oshkor etilmagan.
Ma’lumot uchun, Terma jamoalar markazi 2009-yilda tashkil qilingan bo‘lib, shu yilning o‘zidayoq Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. Uni 2010-yildan buyon Asqar Tolibjonov boshqardi hamda markaz faoliyati yakuniga qadar unga rahbarlik qildi.
Terma jamoalar markazi barcha turdagi mamlakat termalarini o‘zida birlashtirgan tashkilot hisoblanib, O‘zbekiston milliy terma jamoasidan tortib, ayollar termalariga qadar uning qaramog‘ida edi.
Kreditorlar talablari ko‘rsatilgan arizalar Terma jamoalar markazini tugatish haqidagi e’lon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oy davomida qabul qilinadi.
Izoh (0)