Fuqarolar murojaatlari asosida 2017-yilning o‘tgan davri mobaynida birgina Toshkent viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarida jami 230 dan ortiq nazorat tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu tadbirlar natijasida 79 ta holatda nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik, 75 ta holatda savdo va xizmat ko‘rsatishdan tushgan naqd pul tushumini bank kassalariga topshirmaslik, 33 ta holatda to‘lov terminallari o‘rnatmaganlik va ikkita holatda to‘lovlarni bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirishda tovar narxiga nisbatan ustama haq qo‘yish singari qoidabuzilishlar aniqlandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)