Tajik Air avikompaniyasiga qarashli Boeing 767-300 samolyotiga O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatildi. Samolyotni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasi mutaxassislari ta’mirdan chiqardi, deb xabar beradi “Novosti Uzbekistana”.
Ta’mirlash ishlari 18–28-aprel kunlari ketdi. Xizmat ko‘rsatish o‘z ichiga aviadvigateldagi, shassining uch tirgagi va avtopilot tizimidagi nuqsonlarni bartaraf qilishni oluvchi A-check shakli bo‘yicha amalga oshirildi.
Ilgariroq O‘zbekistonda Tajik Air’ning boshqa samolyoti — Boeing- 757-200 ga xizmat ko‘rsatilgan edi. O‘tgan yil dekabrida unda shassi tirgaklarining qalinlashtiruvchi halqalari almashtirilgan edi.
Tajik Air vakili Roman Yudin o‘zbekistonlik mutaxassislar ishini yuksak baholadi. U aviakompaniya hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanligini bildirdi.
Izoh (0)