27-aprel kungi savdolar yopilishida Amazon aksiyalarining keskin o‘sishi tufayli Jeff Bezos dunyoning eng badavlat odami bo‘lishi uchun bor-yo‘g‘i 5 milliard dollar yetmayapti. Bu haqda “Insider.pro” xabar bermoqda.
Onlayn-riteyler joriy kvartal sotuvlari prognozini chop etgandan so‘ng Amazon aksiyalari deyarli 50 dollarga qimmatlashdi.
Mazkur xabardan so‘ng kompaniya aksiyalari 965 dollargacha o‘sdi. Natijada Bezos boyligi 79 milliard dollargacha oshdi. Amazon Amerika bozori ochilgandan so‘ng ham o‘z yutuqlarini saqlab qolsa, bu ko‘rsatkich ilk bor 80 milliard dollardan oshishi mumkin.
Bezos yaqindagina Bloomberg Billionaires ko‘rsatkichlari bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgandi. Bu Amazon Souq onlayn-riteylerini xarid qilganligi haqida ma’lum qilgandan so‘ng amalga oshdi.
Microsoft hamta’sischisi Bill Geyts 2013-yilning 17-mayidan buyon Bloomberg reytingida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Microsoft planshetlar sotuv hajmi o‘sishining sekinlashganligini ma’lum qilgandan so‘ng, uning boyligi 200 million dollarga kamayib, 87,1 milliard dollarni tashkil qilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)