Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida davlat soliq xizmati organlarining “Ishonch telefon”lariga 3758 ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu murojaatlarning aksariyatida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida savdo qoidalarining buzilganligi hamda to‘lovlarni bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirishda hisob-kitob terminal qurilmalari ishlatilmayotganligi, xarid cheki bermaslik holatlari qayd etilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)