AQSh prezidenti Donald Tramp 29-aprel, shanba kuni hokimiyatdagi dastlabki 100 kunini juda sermahsul deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Hokimiyatdagi dastlabki 100 kun juda hayajonli va mahsuldor o‘tdi”, — dedi u Garrisberg (Pensilvaniya shtati) shahridagi tarafdorlari mitingida chiqish qila turib.
“Dastlabki 100 kunning har bir kunida ma’muriyatim mamlakatdagi vaziyatni yaxshilash uchun faoliyat yuritdi. Jumladan, ajoyib konchilarimizga ko‘mak berish, ularga ish o‘rinlarini qaytarish uchun ish olib bordik. Biz tarixiy taraqqiyotga erishdik”, — ta’kidladi Tramp.
Izoh (0)