Britaniyalik mashhur fizik va kosmolog Stiven Xoking sun’iy intellekt kelajakda insoniyat taraqqiyotining halokatiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda u Mobil internet global konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan Pekindagi videokonferensiya davomida ma’lum qildi, deb yozadi Forbes.
“Sun’iy intellektning rivojlanishi insoniyat uchun eng ijobiy bilan bir qatorda eng qo‘rqinchli omilga aylanishi mumkin. Biz u yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan tahdidni anglashimiz lozim”, — deydi olim.
Xoking eng yangi texnologiyalar insonni tabiat oldida ojiz qilib, tanazzulga olib kelishi mumkinligidan tashvishlanmoqda. Olimning fikricha, tirik qolish uchun tabiiy evolyutsiya va kurash sharoitlarida bu muqarrar halokatni anglatadi.
Shu bilan birga, Xoking so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellektga aql bilan yondashilganda u odamlarga dunyodagi ko‘plab muammolarni hal qilishda yordam beradi.
Izoh (0)