2-may kuni Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki raundli muzokaralar o‘tkazish maqsadida Sochiga uchib keladi. U ikki yildan beri Rossiya bo‘lmagan edi, deb eslatadi “Vesti.ru”.
Merkelning rasmiy vakili Shteffen Zaybert tashrifning rasmiy sababi sifatida G20 ning Gamburgdagi sammitiga tayyorgarlikni ko‘rsatdi.
Shu bilan birga, “TASS”ning bildirishicha, muzokaralar chog‘ida Ukraina, Suriya, Liviyadagi vaziyat va ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi.
Izoh (0)