Amerikalik rassom va suratkash Karson Devis Braun Instagram’dagi sahifasiga o‘zining ikki san’atga oid loyihasi doirasida yaratilgan ishlarni joylamoqda. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Birinchi loyiha Mass deb nomlanib, u supermarket va boshqa jamoat joylaridagi bir tur va bir xil rangda bo‘lgan tovarlarni suratga olishni ko‘zda tutadi.
New American Quilts nomli ikkinchi loyiha doirasida Braun Instagram’ga tokchalarga naqsh hosil qilgan holda joylashtirilgan tovarlar rasmini joylamoqda.
Qayd etilishicha, Braun ushbu ishlarni amalga oshirish uchun hech qachon jamoat joyi rahbariyatidan ruxsat so‘ramaydi.
Rasm olgach esa tovarlarni shunday qoldirgancha u yerdan shunchaki ketadi.
Izoh (0)