O‘zbekiston Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan Yunusobod tumani aholisi uchun ham sayyor qabul tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
24-aprelgacha yunusobodliklar tomonidan Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 21 ming 900 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Ularning qariyb 8300 tasi Yunusobod tumani hokimligi vakolati bilan bog‘liq bo‘lib, ularning 6700 ga yaqini ko‘rib chiqilgan.
Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov uy-joy kommunal xo‘jaligi muammolarini bartaraf etish maqsadida ko‘p qavatli uylarning 542 yo‘lagi hamda 80 ming metr kvadrat tom qismini qayta ta’mirlash maqsad qilib belgilanganini qayd etdi.
“Qabul davomida soliq idoralariga taalluqli to‘rtta murojaat ko‘rib chiqilib, ularning uchtasi joyida hal etildi. Bitta murojaat kredit rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgani sababli bank muassasalari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilib, tez orada hal qilinadi”, — dedi Yunusobod tumani davlat soliq inspeksiya boshlig‘i Abdurauf Karimov. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)