Tehronning “Istiqlol” futbol klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipovni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.
Masharipov huquqiy jihatdan “Paxtakor”ga tegishli bo‘lsa-da, ayni paytda “Lokomotiv” klubida ijara asosida to‘p surmoqda. Uning Osiyo Chempionlar ligasida namoyish qilayotgan o‘yini fors klubini qiziqtirib qo‘ygan bo‘lishi mumkin.
Boisi “Lokomotiv” OChL guruh bosqichida aynan “Istiqlol” bilan to‘qnash keldi. Tehronda eronliklar 2:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Toshkentda 1:1 hisobi qayd etildi.
Ma’lumot uchun: “Istiqlol” qishda “Lokomotiv”ning boshqa bir a’zosi Server Jeparov bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan bo‘lib, FIFAning qarori tufayli uni ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan va “Sepaxon”ga ijaraga bergandi. Yarim yillik taqiq yozda tugaydi. Bu esa “Istiqlol”ga Masharipovni sotib olish imkoniyatini berishi mumkin.
Izoh (0)